Sun'iy intellektdan ko'ra go'daklarning miyasi samaraliroq ishlashi aniqlandi
Dublin Triniti kolleji olimlari chaqaloqlarning miyasi, ilgari ishonilgandek, yetarlicha samarali ishlamaydi, degan g‘oyaning "puch" ekanligini isbotladilar.
2 daqiqa o‘qiladi

Dublin Triniti kolleji olimlari chaqaloqlarning miyasi, ilgari ishonilgandek, yetarlicha samarali ishlamaydi, degan g‘oyaning "puch" ekanligini isbotladilar. Tadqiqotchilar chaqaloqlar SI modellarining keyingi avlodini ilhomlantirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Ko'pgina hayvonlarga nisbatan inson bolasi tug'ilgandan keyin uzoq vaqt davomida nochor, o'zgalar yordamiga muhtoj bo'ladi. Masalan, toychoqlar va jo'jalar tug'ilgan kunidanoq yurib ketadi. Inson bolalaridagi ushbu uzoq davom etadigan ojizlik davri ota-onalarga katta bosim yuklaydi, eng kamida, parvarishga muhtoj go'dakning qarovida 24/7 bo'lishni talab qiladi. Shuning uchun bo'lsa kerak chaqaloqlarni hali ongi shakllanib ulgurmagan mavjudotlar deb bilish keng tarqalgan.
Eski qarashlar noto'g'ri bo'lib chiqdi
Dublin Triniti kolleji olimlari chaqaloqlarning miyasi, ilgari ishonilgandek, yetarlicha samarali ishlamaydi, degan g‘oyaning "puch" ekanligini isbotladilar. Bu yangi tadqiqot natijalariga ko'ra, go‘daklarning miyasi tug‘ilgan davridan boshlab generativ sun’iy intellektlar kabi ishlay boshlaydi. Xuddi ChatGPT kabi chaqaloq miyasi ham ma'lumotlarni o'zlashtirish va qayta ishlash bosqichlaridan o'tadi. Professor Rodri Kyusak boshchiligidagi tadqiqot "Trends in cognitive science" jurnalida chop etilgan bo‘lib, bu guruhga Auburn universiteti va "DeepMind"ning miya rivojlanishi hamda sun’iy idrok bo‘yicha mutaxassislari ham jalb qilingan. Ular miya rivojlanishini turlar bo‘yicha taqqoslab, inson miyasi tug‘ilishda avval o‘ylanganidan ko‘ra ko‘proq yetuk ekanligiga ishonch hosil qildilar.
Ilmiy izlanish davomida chaqaloq miyasining tasviridan ko‘plab tizimlar allaqachon ishlayotgani va sezgi organlaridan olingan ma’lumotlar qayta ishlanayotganini ko‘rish mumkin. Jamoa, shuningdek, go‘daklar miyasining o‘rganish jarayonini sun’iy intellektning o‘rganish modellari bilan taqqoslab, ko‘pgina o‘xshashliklarni aniqladi.
Odam bolasi miyasi hayvon bolalaridan, hatto SIdan ham yaxshiroq ishlaydi
Hayratlanarlisi, SI modellariga aniq vazifalarni o‘rganishdan oldin katta ma’lumotlar to‘plamini tanib olish uchun oldindan vazifalar kiritiladi. Go‘daklar esa kelajakda o‘rganish va bilish uchun o'z-o'zlariga asos, poydevor yaratadilar. "Bu sun’iy intellektning chaqaloqlar kabi samarali o‘rgana olmasligini ko‘rsatadi", deyiladi izlanish haqidagi maqolada. Bundan tashqari, odam go'dagi miyasi tug'ilishi bilan o'zini-o'zi eplab ketadigan hayvon bolalarinikidan ham yaxshiroq ishlashi aniqlangan.
Chaqaloqlar keyingi avlod SIsi uchun ilhom manbaiga aylanadi
Tadqiqotchilar chaqaloqlar SI modellarining keyingi avlodini ilhomlantirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Tadqiqotning keyingi bosqichlari miyada va AIda o'rganishni to'g'ridan-to'g'ri taqqoslash asosida o'tkaziladi. Hozirda qo‘shimcha izlanishlar olib borilyapti. Ushbu tadqiqot Yevropa Tadqiqot Kengashi tomonidan qo'llab-quvvatlangan.



