Srechko Katanes terma jamoada o‘ynash uchun qancha futbolchiga imkoniyat berdi?
Mahalliy mutaxassislar tomonidan ichki chempionatni yetarlicha kuzatmaslik va o‘yin salohiyati borasida terma jamoaga munosib bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat bermayotganlikda ayblayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoa bosh murabbiy shu kunga qadar necha nafar futbolchiga imkoniyat berdi?
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy mutaxassislar tomonidan ichki chempionatni yetarlicha kuzatmaslik va o‘yin salohiyati borasida terma jamoaga munosib bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat bermayotganlikda ayblayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoa bosh murabbiy shu kunga qadar necha nafar futbolchiga imkoniyat berdi?
Ushbu savol siz uchun ham qiziq bo‘lsa, bu maqola aynan siz uchun. Keling, gapni ko‘p cho‘zmay, bosh murabbiy jamoa yig‘inlariga jalb etgan barcha futbolchilar nomini bir chetdan ko‘rib chiqamiz.
Terma jamoaga chaqirilganlar ro‘yxati
1. Farrux Ikramov
2. Oybek Bozorov
3. Jaloliddin Masharipov
4. Eldor Shomurodov
5. Odil Hamrobekov
6. Otabek Shukurov
7. Farruh Sayfiyev
8. Abdulla Abdullayev
9. Doston Tursunov
10. Xojiakbar Alijonov
11. Eldor Suyunov
12. Sanjar Qodirkulov
13. Abror Ismoilov
14. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev
15. Igor Sergeyev
16. Xojimat Erkinov
17. Aziz Amanov
18. Sanjar Quvvatov
19. Valijon Rahimov
20. Husniddin Aliqulov
21. Islom Qobilov
22. Akmal Mozgovoy
23. Dilshod Saitov
24. Doston Hamdamov
25. Xusayn Norchayev
26. Rustam Ashurmatov
27. Shahboz Umarov
28. O‘tkir Yusupov
29. Aziz G‘aniyev
30. Davron Hoshimov
31. Ikrom Aliboyev
32. Anzur Ismoilov
33. Islom Kenjaboyev
34. Javohir Sidiqov
35. Umid Ergashev
36. Umar Eshmurodov
37. Sherzod Nasrullayev
38. Sardor Sobirxo‘jayev
39. Aziz Turg‘unboyev
40. Sherzod Temirov
41. Oston O‘runov
42. Botirali Ergashev
43. Abduvohid Nematov
44. Saidazamat Mirsaidov
45. Alibek Davronov
46. Ruslan Jiyanov
47. Bobur Abduxoliqov
48. Jasur Yaxshiboyev
49. Ibrohim Yo‘ldoshev
50. Jamshid Iskandarov
51. Abduqodir Xusanov
52. Jamshid Boltaboyev
53. Abbos Fayzullayev
54. Shahzod Azmiddinov
55. Zafarmurod Abdurahmatov
56. Muhammadqodir Xamraloyev
57. Diyor Xolmatov
58. Abdurauf Bo‘riyev
Shartnoma
2021-yilning 27-oktyabr kuni Srechko Katanesning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan. Shartnomaga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassis 2025-yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassisning maoshi yiliga 1,2 million dollarni tashkil etadi.
Murabbiy haqida
Srechko Katanes 1963-yilda Sloveniyaning Lyublyana shahrida tavallud topgan. 1981-1994-yillar davomida “Partizan”, “Shtutgart”, “Sampdoriya” kabi jamoalarda to‘p surgan. Ushbu davr mobaynida A-Seriya va Italiya kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, UYEFA Championlar ligasi va UEFA Kubogi final uchrashuvlarida ishtirok etgan hamda Yevropa Kubok egalari kubogida zafar quchgan. Murabbiylik faoliyatida esa Makedoniya, Birlashgan Arab Amirligi, Sloveniya va Iroq milliy terma jamoalarini boshqargan. U Sloveniya bilan Yevro-2000 va JCH-2002da qatnashgan. Shuningdek, Osiyo Kubogi-2019da Iroqni boshqaradi.



