Millioner yoshlar soni e'lon qilindi
Ular biznes sohasida pul aylanmasini million dollardan oshirgan yoshlardir.
1 daqiqa o‘qiladi

Millioner yoshlar soni e'lon qilindi
Ular biznes sohasida pul aylanmasini million dollardan oshirgan yoshlardir.
4 yillik hisobot
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida o‘tgan to‘rt yilda turli ishlar amalga oshirildi.
Bulardan:
1. "Oilaviy tadbirkorlik" dasturlari doirasida 13,5 trillion so‘m kredit ajratilib, 1 million yosh band bo‘ldi;
2. "Yoshlar daftari"dan 107 ming o‘g‘il-qizlarimizga 338 milliard so‘m subsidiya berildi;
3. 205 ta "Yoshlar sanoat zonasi"da 2,5 trillion so‘mlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi.
Millioner yoshlar
Biznesini "nol"dan boshlab, hozirda mablag' aylanmasini million dollardan oshirgan yoshlar soni 1,5 ming nafarga yetganligi ma'lum qilindi.
Prezident esa ularga yanada ko'proq sharoitlar yaratib berish kerakligini hamda ularda g'oyalar ko'p ekanligini ta'kidladi.
Yangi tizim
Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga "to‘rtinchi sanoat inqilobi" kasblari juda muhimligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadigan bo'ldi.



