O‘zbekistonda zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash yo‘lga qo‘yildi
Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugining harbiy qismlaridan birida zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish sexi ishga tushirilib, bu yerda jangovar mashinalar tezkor va majmuaviy tiklanishi aytilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Zavoddagi SSSR davrida ishlab chiqarilgan T-64 jangovar tanklar va 120 mmli o‘ziyurar gaubitsalar borligi aytilmoqda. Axborotga ko‘ra, ular qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshiriladi.
Binoda yana sozlash ishlari amalga oshiriladi
“Bu yerdagi yaxlit bazada jangovar mashinalarni tezkor, majmuaviy va samarali tiklash, sozlash ishlari amalga oshiriladi. Ta’mirlash dasturiga yong‘inni boshqarish tizimi, o‘t o‘chirish vositalari, yurish qismlari, elektron va maxsus jihozlarni tiklash kabilar kiradi. Aslida bu yopiq ta’mirlash sikliga ega konveyerdir.
Masalan, o‘nlab nuqtalar harbiy texnikalarni saqlash holatidan jangovar holatga qaytaradigan, demontajdan to texnik nuqsonli zirhli mashinalarga to‘liq xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan turli xil ta’mirlash stansiyalari va murakkab ishlarni qamrab oladi,” – deyiladi xabarda.
Qurolli kuchlar faxriysi Odil Aminovga ko‘ra, avval O‘zbekistonda bunday zamonaviy sexlar bo‘lmagan.
Ko‘chma sex
Tsex, shuningdek dala maydonidagi amaliy mashg‘ulotlarda ham ko‘chma faoliyat olib borishi mumkin.
Zavod yaqin kelajakda qo‘shimcha texnologik liniyalar bilan kengaytiriladi, zamonaviy uskunalar olib kelinadi. Asosiy maqsad Qurolli kuchlar mudofaa qobiliyati va jangovar tayyorgarligini oshirish ekani aytilmoqda.



