Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +8°

Mikrokreditbank AQSHdagi yirik banklardan biri bilan hamkorlik boshladi

Mikrokreditbank AQSHdagi yirik moliya instituti BNY Mellon bilan hamkorlik o‘rnatdi. Hamkorlik “Mikrokreditbank” ATBga xalqaro hisob-kitoblar hajmini kengaytirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda AQSh dollarida xalqaro to‘lovlarni yanada soddalashtirish imkonini beradi.

1 daqiqa o‘qiladi

Mikrokreditbank AQSHdagi yirik banklardan biri bilan hamkorlik boshladi

Mikrokreditbank AQSHning yirik moliya institutlaridan biri — The Bank of New York Mellon’da AQSH dollarida korrespondentlik hisob raqamini ochdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu hamkorlik bankka xalqaro hisob-kitoblarni kengaytirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va transchegaraviy to‘lovlarni soddalashtirish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu aloqa orqali g‘aznachilik operatsiyalari (masalan, overnight depositlar) amalga oshirilishi mumkin. Mikrokreditbank ushbu hamkorlik orqali xalqaro moliya bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash va mijozlar uchun ishonchli, sifatli xizmatlar ko‘lamini kengaytirishni maqsad qilgan.

The Bank of New York Mellon 1784-yilda tashkil etilgan bo‘lib, moliyaviy xizmatlar va aktivlarni boshqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi banklardan biri sanaladi.