$
 12942.01
26.83
 13341.92
50.91
 117.12
1.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ish haqi Toshkentdagidan 60% yuqori: Nega o‘zbekistonlik migrantlar Ozarbayjonni tanlamoqda?

migratsiya

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari Ozarbayjonga mamlakatdan chiqish va ish topish imkoniyati sifatida, shuningdek, bu davlatda yashash va o‘z oilasini olib kelish uchun qiziqish bildira boshlagan. Bu haqda “Migranto” nashri xabar bermoqda.

Nega Ozarbayjon?

Ozarbayjon taqdim etgan statistikaga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida mamlakatda Ozarbayjon fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni 60 mingdan oshgan.

“Bakuda ish haqi Toshkentdagidan 60% yuqori, mehnat bozori ochiq va tanlov imkoniyati ko‘p, ijaraga uy olish narxlari esa arzonroq. Mamlakatlar mentaliteti bir-biriga juda o‘xshash, shuning uchun bu yerga moslashish qiyin emas”, — deya o‘z fikrlari bilan bo‘lishgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek ismli erkak.

Qayd etilishicha, u 2018-yilda Bakuga ishga ketib, qaytib kelmagan. Yagona to‘siq esa til bo‘lgan, ammo qisqa muddatda ozarbayjon tilini mukammal o‘rgangan va bu yerda oila qurib mahalliy ozarbayjonlik qizga uylangan.

“O‘zbek ayollari ko‘p narsa talab qiladi”

“Hozir bemalol o‘zbek va ozarbayjon tillarida gaplasha olaman, rus tilini ham bilaman. Bu yerda yashayotganimga 6 yil bo‘ldi, yaxshi ish topdim, uylanganman va o‘g‘lim bor. Rafiqam mahalliy ozarbayjonlik, u oddiy va kamtarin, bu esa o‘zbek ayollariga xos emas, ular doimo ko‘p narsa talab qilishadi”, — deydi o‘zbekistonlik.

2030-yilga kelib o‘zbek jamoalari 3 foizni tashkil etadi

Nashrning yozishicha, Ozarbayjonda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pastligi mamlakatga yanada ko‘proq mehnat migrantlarini, jumladan, erkaklar va ayollarni jalb qilmoqda. Ayniqsa, sanoat va turizm sohalarida oddiy ishchi kuchi yetishmaydi. 

Migratsiya tendensiyalari davom etsa, Ozarbayjondagi o‘zbek jamoalari iqtisodiy va madaniy ko‘rinishda yanada muhim o‘rin egallashi ehtimoldan yiroq emas. Statistik ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, 2030-yilga kelib Ozarbayjonda millati o‘zbek bo‘lgan aholining soni bir necha barobarga oshishi va o‘zbek jamoalari mamlakat umumiy aholisining 3 foiziga yetishi mumkin.

Теги :
Jamiyat