$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishga yuborish va’dasi bilan fuqarolarni aldab kelgan shaxs qo‘lga olindi

Dollar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.U. firibgarlikda ayblanib qo‘lga olindi. 

12 000 dollar bilan ushlangan

U fuqaro D.N. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Angliyaga ishga joylashtirish va viza olib berish evaziga 12 000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu borada 16 ta xususiy bandlik agentligi faoliyat yuritadi

Migratsiya agentligi takidlashicha, chet elga ishga yuborish O‘zbekistonda litsenziyalangan faoliyat turi hisoblanadi. Hozirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda litsenziya asosida 16 ta xususiy bandlik agentligi faoliyat yuritmoqda.

“Fuqarolarimizdan chet elda ishga joylashish masalasida faqat rasmiy va litsenziyaga ega tashkilotlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Bu ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi,” — deyiladi xabarda.