$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Start: Rossiya noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni boshlamoqda

Deport

Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin 5 fevraldan migratsiya siyosatini takomillashtirish bilan bog‘liq navbatdagi o‘zgarishlar kuchga kirishini ma’lum qildi.

Maqsad xavfsizlik

Noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish rejimini nazarda tutuvchi qonun kuchga kiradi. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilmaydigan yoki qolish huquqini qo‘ldan chiqarganlar mamlakatimizda bo‘lmasligi kerak. Ushbu chora xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan, deyiladi Volodinning xabarida.

Yangi javobgarlik

Bundan tashqari, mamlakatga kirish yoki undan chiqish qoidalarini buzganlik, shuningdek, nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilgan migrantga ko‘rsatilishi taqiqlangan xizmatlar ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

Tegishli qonun 5 fevraldan kuchga kiradi.

Mamalakatga kirish tartibi ham kuchaytirildi

Shuningdek, 2025-yil 30-iyundan boshlab chet el fuqarolari Rossiyaga kirishda, chegarani har qanday nazorat-o‘tkazish punktidan kesib o‘tganda, barmoq izlari va Face ID tekshiruvidan o‘tish shart bo‘ladi. Ushbu talab hukumat qarori bilan tasdiqlangan.

Ushbu o‘zgarishlar Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, diplomatlar va Rossiyadagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari xodimlari va ularning oilasiga, xalqaro tashkilotlar va ularning Rossiyada akkreditatsiya qilingan vakolatxonalari xodimlari hamda oilasiga taalluqli emas.

AQSh deportatsiyasi

Bundan avval, AQShda Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 1 852 nafar shaxsga deportatsiya qilinish haqida sud hukmi oʻqilganligi haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, davlatlar kesimida mintaqada eng koʻp miqdor Oʻzbekistonda boʻlib, mamlakat fuqarolarining 975 nafari deportatsiya qilinadi.

Теги :
Jamiyat