$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida eng koʻp oʻzbeklar AQShdan deportatsiya qilinadi

Deport

Fox News’ning, AQSh Immigratsiya va Bojxona xizmatidan olgan (ICE) maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 24-noyabr holatida mamlakatda 1 445 549 nafar chet el fuqarosi deportatsiya qilish toʻgʻrisida yakuniy qarorga ega. Deportatsiya jarayoni tezlashtirilayotgan boʻlsa-da, ayrim mamlakatlarning AQSh bilan hamkorlik qilmasligi jarayonni murakkablashtirmoqda.

Eng koʻp fuqarosi deport qilinadigan davlatlar

Ushbu roʻyxatda yetakchi oʻrinlarni Meksika (252 044), Gvatemala (253 413), Gonduras (261 651) va Salvador (203 822) egallagan. Shuningdek, deportatsiya qarori chiqarilgan boshqa davlatlar ichida Xitoy (37 908), Gaiti (32 363), Eron (2 618), Pokiston (7 760) va Venesuela (22 749) fuqarolari ham bor.

Markaziy Osiyo

Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 1 852 nafar shaxsga deportatsiya qilinish haqida sud hukmi oʻqilgan. Davlatlar kesimida mintaqada eng koʻp miqdor Oʻzbekistonda boʻlib, mamlakat fuqarolarining 975 nafari deportatsiya qilinadi. Keyingi oʻrinlarni Qozogʻiston 369 ta, Qirgʻiziston 319 ta va Tojikiston 149 ta fuqaro bilan egallagan. Eng kam miqdor Turkmanistonda boʻlib, jami 40 kishiga deportatsiya qarori chiqarilgan. 

Sobiq Sovet Ittifoqi hududidan deportatsiya qaroriga ega boʻlgan fuqarolar orasida Armaniston (2 808), Ozarbayjon (709), Gruziya (833), Turkiya (3 103) va Rossiya (3 518) bor. Ajablanarlisi, roʻyxatda SSSRdan 337 kishi deport qilinishi koʻrsatilgan.

Hamkorlik masalalari 

AQSh hukumati deportatsiya jarayonini tezlashtirishga intilayotganiga qaramay, ayrim davlatlarning hamkorlik qilmasligi muammolarni keltirib chiqarmoqda. 15 ta mamlakat AQSh bilan deportatsiya jarayonida toʻliq hamkorlik qilmaydigan davlatlar sifatida belgilangan. Bularga Xitoy, Rossiya, Kuba, Eron, Pokiston, Somali va Venesuela kiradi. Bundan tashqari, 11 ta davlat qisman hamkorlik qilmaydigan davlatlar sifatida tasniflangan boʻlib, ular qatorida Bosniya-Gersegovina, Kambodja, Gambiya, Iroq, Yamayka, Nikaragua, Janubiy Sudan va Vetnam bor.

Теги :
Jamiyat