Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

Noqonuniy muhojirlarga Rossiyani tark etish uchun vaqt berildi

Ushbu talab Rossiyada noqonuniy yashayotgan fuqarolarga tegishli bo‘lib, qator shartlarni bajargan shaxslar bundan

2 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy muhojirlarga Rossiyani tark etish uchun vaqt berildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan yangi qarorga ko‘ra, mamlakatda yashayotgan xorijliklar 2024-yilning 30-apreligacha o‘z huquqiy holatini qonuniylashtirishi yoki Rossiyani tark etishi talab qilinadi.

Qarorda nimalar belgilangan?

Ushbu talab Rossiyada noqonuniy yashayotgan fuqarolarga tegishli bo‘lib, qator shartlarni bajargan shaxslar bundan mustasno. Qarorga ko‘ra, bunga biometrik ma’lumotlarni topshirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, rus tilini bilish darajasini tasdiqlash, majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash kabi talablar kiradi. Shuningdek, mehnat ruxsatnomasi, yashash guvohnomasi va boshqa ruxsatnomalarni berish rad etilishi uchun asoslar bo‘lmasa, ular mamlakatda qolishi mumkin.

Talab milliy xavfsizlikka tahdid deb topilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi

Biroq ushbu talab Rossiya hukumati tomonidan milliy xavfsizlikka tahdid deb topilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

2024-yilda Vladimir Putin migratsiya qoidalarini kuchaytiruvchi qator qonunlarni imzoladi. Hujjatlardan biri nazorat ostidagi shaxslar reestri orqali migrantlarni ro’yxatga olish mexanizmini nazarda tutadi. Ushbu chora Rossiya Federatsiyasida qonuniy asoslarsiz qolgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo’llaniladi. Ular yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar ham ushbu reestrga chegarani noqonuniy kesib o’tgan, viza yoki yashash uchun ruxsatnoma bekor qilingan kundan boshlab kiritiladi.

Noqonuniy migratsiya

Ma’lumot uchun, noqonuniy migratsiya muammosi boshqa mamlakatlarda ham dolzarb hisoblanadi. Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonning 80 ga yaqin fuqarosi Janubiy Koreyadagi ish joylarini noqonuniy tark etgani sababli, O‘zbekistondagi ularning kafillari 2,35 milliard so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi. Bu haqda Mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qilgan.