$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Janubiy Koreyadagi qoidabuzar migrantlarning kafillaridan 2 milliarddan ziyod jarima undirilgan

migrant muhojir

Janubiy Koreyaga vaqtinchalik ishlash uchun ketgan ayrim o‘zbekistonliklar tomonidan shartnoma shartlari buzilishi oqibatida kafillikka olingan yaqin qarindoshlaridan 2 milliard so‘mdan ortiq jarima undirilgan. Migratsiya agentligi bu holatlar mamlakatimizning xalqaro mehnat bozoridagi obro‘siga zarar yetkazayotganini ta’kidladi va muhojirlarni o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.

80 ga yaqin muhojir shartnoma shartlarini buzgan 

2024-yil davomida Koreyaga ishga ketgan va shartnoma qoidalarini buzgan 80 ga yaqin fuqaroning kafillari davlat foydasiga yirik miqdorda jarima to‘lashga majbur bo‘ldi. Mazkur jarimalar har bir noqonuniy faoliyat bilan o‘tkazilgan oy uchun 2 000 AQSh dollarigacha hisoblanmoqda. Misol uchun, Qashqadaryolik fuqarolardan birining shartnomani buzishi natijasida kafili sud qarori asosida 70 million so‘mdan ortiq jarima to‘lagan.

Tartib-qoida qanday?

Ma’ljmot uchun, Janubiy Koreyaga ishlash uchun borayotgan har bir fuqaro ketish oldidan uch tomonlama shartnomaga imzo chekadi. Shartnomada:

"Agarda o‘z ish joyimni sababsiz tashlab ketib, nolegal faoliyat yuritadigan bo‘lsam, meni kafillikka olayotgan shaxs, ya’ni yaqin qarindoshimdan Koreyada nolegal yurgan har bir oyim uchun 2000 AQSH dollaridan (hozirgi vaqtda) jarima undirilishiga roziman",

-degan jumlalar bor.

Eslatib oʻtamiz, chet davlatdagi qoidabuzarliklar nafaqat shaxsiy oqibatlarga olib keladi, balki mamlakatga ajratiladigan ishchi kvotalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat