$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Dmitriy Gusev: “Bir sinfda uch nafardan ortiq migrant bola bo‘lmasligi kerak”

Migrant


Deputatlarning parlamentdagi “Spravedlivaya Rossiya” fraksiyasi migrantlarning bolalari uchun maktablarga kvota berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda “RIA Novosti” Davlat dumasi nazorat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Dmitriy Gusevga tayanib yozdi.

Moskva hukumati uchun juda jiddiy vazifa

“Muhim tashabbus - bu maktablarda bolalar uchun kvotalar belgilash, bu haqda asosan Moskvadagilar gapirmoqda, chunki bu Moskvadagi muhim voqea. Taklif esa to‘g‘ri, bir sinfda uch nafardan ortiq migrant bola bo‘lmasligi kerak. Bu Moskva hukumati uchun juda jiddiy vazifa. Kuzgi sessiya boshlanadi, biz bu tashabbusni tayyorlab, ilgari suramiz”, dedi Gusev.

Uning ta’kidlashicha, anklavlarga yo‘l va migrantlarning “klasterlashuvi” xorijliklarning integratsiyasiga yordam bermaydi.

Har bir migrant o‘zini rusman bilan ayta olishi kerak

“Ikkinchi masala - maksimal assimilyatsiya. Buning uchun qonuniy migrantlarga agar rus tilini bilsa, tariximizni, madaniyatimizni tan olsa, ularni yaxshi ko‘rsa, yonimizda, biz bilan yashashi uchun imkoniyat yaratishimiz kerak. Ya’ni, har bir migrant o‘zbek, tojik yoki qirg‘iz bo‘lishiga qaramay, o‘zini rusman deb g‘urur bilan ayta olishi kerak. Haqiqiy assimilyatsiya mana shu”, deb xulosa qildi deputat.

Migrantlar soni

Qayd etilishicha, 2023-yilda Rossiya maktablarida o‘qiyotgan migrant bolalar soni qariyb 181,5 mingni tashkil etgan. Ulardan 178,9 ming nafari (98,6 foiz) chet el fuqaroligiga ega va 2,6 ming nafari (1,4 foiz) hech qanday fuqarolikka ega emas.

Теги :
Jamiyat