$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya deportatsiya ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytirdi

migrantlar

Bu ro‘yxatdagi ishlarni sodir etganlar sud qarorisiz ham mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

Noqonuniy ishchi va ish beruvchiga jazo

Rossiya qonunlariga ko‘ra, mamlakat hududida noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan migrantlar qonunbuzarlik bilan qo‘lga olingan holatida javobgarlikka tortiladi yoki davlat hududidan chiqarib yuboriladi.

Ularga ish bergan shaxslar esa har bir kishi boshiga 800 ming rubl miqdorida jarima to‘laydi.

Deportatsiyaga sabab bo‘luvchi huquqbuzarliklar

IIV tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hujjat deportatsiya ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytiradi, deydi Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

Bu huquqbuzarliklarga:

1. Huquq tartibot organi xodimlarining qonuniy buyrug‘iga bo‘ysunmaslik;

2. Migratsiya uchun ro‘yxatdan o‘tishda noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish,

mayda bezorilik;

3. Natsistlar yoki ekstremistik belgilarning ommaviy namoyishi;

4. Belgilangan qoidalarni buzgan holda yoki bu maqsad uchun belgilanmagan joylarda quroldan otish;

5. Terrorizm yoki ekstremizmga ommaviy chaqiriqlar, terrorizm yoki ekstremizmni oqlash holatlari kiritilgan.

Ushbu turdagi moddalar bilan ayblangan migrant sud qarorisiz, zudlik bilan mamlakatdan chiqarilib yuborilishi mumkin bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat