$
 12915.18
10.27
 13291.01
-152.03
 115.31
-11.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi muhojirlarga huquqiy yordam ko‘rsatishni va’da qildi

migratsiya

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1126-son Farmoniga ko‘ra Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari 2025-yilning 30-aprel sanasigacha mamlakatni tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerak. 

Migratsiya agentligi yordamga shay

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi 2025-yilning yanvar oyidan boshlab Rossiyada ishlab yurgan, ammo hujjatlarida kamchiligi mavjud bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga huquqiy, amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor, deyiladi agentlik xabarida. Shuningdek, bu masala bo‘yicha alohida guruh faoliyat olib borishi va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari haqida qo‘shimcha xabar berilishi ma’lum qilingan.

Rossiyada mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz soni 4,3 barobarga oshdi

Respublika Migratsiya agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida tashkillashtirilgan ishga qabul qilish doirasida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida ishga joylashtirish 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,3 barobarga oshgan va qariyb 50 ming kishini tashkil etgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda xorijda vaqtincha mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari soni uchdan birga kamayib, 1,14 million kishini tashkil etgan. Shu bilan birga, ushbu maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning oʻrtalarida Rossiyada 1 millionga yaqin oʻzbeklar bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat