$
 11997.83
18.19
 13967.87
66.7
 167.31
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada mehnat migrantlarga 2025-yilda viza olib ishlash uchun 235 ming o‘rin ajratildi

Migrant

Rossiya Mehnat vazirligi migrantlarning eng yuqori maoshlarini ma’lum qildi. 2025-yilda malakali xorijiy ishchilarni jalb qilish bo‘yicha umumrossiya kvotasi qariyb 235 ming ish ruxsatnomasini tashkil etadi.Ulardan eng ko‘pi Xitoy biznesi faol ishtirok etayotgan Amur viloyatiga (27,1 ming), Moskva viloyatiga (23 ming), Leningrad viloyatiga (22,3 mingga yaqin) va Tataristonga (9,3 ming) ajratilgan; kvota zaxirasi esa 78 ming o‘rindan iborat.

Ushbu ma’lumotlar RBK tomonidan tahlil qilingan Mehnat vazirligining 9-dekabrdagi “RFga viza asosida keladigan xorijiy ishchilarni jalb qilish uchun 2025-yil uchun kasblar (mutaxassisliklar, lavozimlar) ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘idan olingan.

Ehtiyoj 1,5 baravar past

Ushbu hujjat loyihasiga ko‘ra, 2024-yilda viza asosidagi migrantlarni yollashga bo‘lgan ehtiyoj 1,5 baravar past baholangan va 155,9 ming kishini tashkil etgan. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish sabablari orasida hududlarda zarur kadrlarning yetishmasligi va xizmat ko‘rsatish hamda sozlashga muhtoj bo‘lgan import uskunalarining ishga tushirilishi ko‘rsatilgan.

Ushbu kvotalar faqat viza asosida mamlakatga keladigan xorijliklar uchun amal qiladi. Kvotalar hajmi hududiy hokimiyat organlarining takliflari asosida belgilanadi, bunda ehtiyojlarning umumiy miqdori zaxira sifatida 50 foizga oshiriladi.

Eng yuqori maosh — 47 million so‘m

RBK tomonidan hududlar bo‘yicha o‘rganilgan arizalarga ko‘ra, chet ellik mutaxassislar uchun eng yuqori taxminiy ish haqi oyiga 380 ming rubl (taxm. 47 mln. so‘m)ni tashkil etadi, 100 ming rubldan ortiq maosh taklif qilingan arizalar soni esa yuzga yaqin. Viza asosida ishlaydigan xodimlar uchun lavozimlarning taxminan yarmi oyiga 60 ming rubldan kam daromad olishni nazarda tutadi, biroq oyiga atigi 20—25 ming rubl maosh taklif qilingan yigirmatacha ariza ham mavjud.

Eng yuqori maosh oluvchi xorijliklar kim?

Barcha mintaqaviy arizalar orasida 2025-yil uchun eng yuqori maoshli lavozim oyiga 380 ming rubl maosh bilan Rossiya—Germaniya tashqi savdo palatasi boshqaruv raisi lavozimidir. Bu lavozimni 2016-yildan beri Mattias Shepp egallab kelmoqda.

Ikkinchi o‘rinda V.I. Kudinov nomidagi “Udmurtneft” kompaniyasida uchta menejer uchun oylik maoshi 275 ming rubl bo‘lgan kvota turibdi. “Barnaul” basketbol klubining ikkita sportchi-instruktori 250 ming rubl maoshli vakansiya esa uchinchi o‘rinni egallagan.

Теги :
Jamiyat