$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Navbatdagi ultimatum: Medvedev o‘qimayotgan va ishlamayotgan migrantlarning Rossiya hududiga kelmasligini talab qildi

Medvedev

Migrantlarning oila a’zolari Rossiya hududiga shunchaki kelmasligi kerak. RF Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Davlat migratsiya siyosati yig‘ilishida shunday dedi.

Migrantlarning oilalari ham nazoratda bo‘lishi shart

Buni hammaga qattiq eslatish kerak. Mamlakatimiz hududida bo‘lib turib o‘qimayotgan va ishlamayotgan shaxslar mamlakatimizni tark etishi shart, — dedi u.

Shuningdek, Medvedev migrantlarning oilalari Rossiyaga kelishi maxsus nazorat ostida bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Rossiya ekstremizm o‘chog‘iga aylanmasligi uchun ushbu choralar ko‘rilmoqda

Medvedevga ko‘ra,  Rossiyada etnik anklavlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bu ekstremizmga zamin yaratadi. Kim nima maqsadda keldi, qayerda ishlayapti va yashayapti, Rossiya jamiyatiga integratsiyalashuvga tayyormi — buni aniq bilishimiz lozim, — demoqda u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq migrantlar bilan bog‘liq Rossiya Davlat dumasi deputatlari ko‘rib chiqayotgan muhojirlarning soxta nikohi, otalik va onaligiga qarshi kurashga qaratilgan qonunni yakuniy o‘qishda qabul qilgan edi.