MIB tomonidan joriy yil davomida 22,2 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirilgan
Bunda aliment pullari, to‘lanmay qolgan maoshlar va turli holatlar mavjud.
1 daqiqa o‘qiladi

Qarzdorlik haqida o‘z vaqtida xabar berilgani natijasida 765 mingta ijro ishlari ixtiyoriy muddatda tamomlangan.
MIB undiruvlari
Byuro organlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, joriy yilning o‘tgan davrida, 22,2 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.
Aliment undiruvlari
Yil davomida moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 893,4 mlrd. so‘m aliment pullari undirilgan.
Bundan tashqari, "Aliment to‘lovlari" jamg‘armasi hisobidan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlash maqsadida, 1.306 nafar undiruvchilarga 24,7 mlrd. so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi.
Aliment mablag‘ini to‘lashga istagi bo‘la turib, biroq ish o‘rniga ega bo‘lmagan 13.614 nafar fuqarolarning ish bandligi masalasi hal etildi, tushuntirish va profilaktika ishlari natijasida, 5.800 dan ortiq oilalarning yarashtirilishiga erishildi.
Undirilgan maoshlar
Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 408 nafar shaxslar ishga tiklanib, ularga to‘lanmay qolgan 24,2 mlrd. so‘mlik ish haqlari ham undirib berildi.
40 milliondan oshiq SMS-xabar
Ta’kidlash joizki, faoliyatimizda asosiy e’tiborlardan biri sifatida, ijro etish sohasini raqamlashtirish jarayoniga qaratilmoqda.
Ijro ishlari qo‘zg‘atilgani va qo‘llanilgan cheklovlar to‘g‘risida ogohlantirish tizimi orqali 40 mln.dan ortiq "SMS - xabarnoma" jo‘natildi.



