$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil boshidan buyon MIB aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlaganlardan 20 milliard so‘mlik zararlarni undirib berdi

pul

Bugun AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan faoliyat natijalari va asosiy ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berildi. Brifingda MIB Axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov byuroning ijro ishlari va jamiyatga keltirgan foydasi haqida gapirdi.

Undiruvlarda o‘sish qayd etildi

Joriy yilning o‘tgan davri davomida Majburiy ijro byurosi tomonidan 42,9 trillion so‘mlik undiruv amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 trillion so‘mga oshgan. Undiruvlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 • Davlat foydasiga 18,5 trillion so‘m;

 • Tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar foydasiga 10,4 trillion so‘m;

 • Banklar foydasiga 12,3 trillion so‘m;

 • Fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi 1,7 trillion so‘m.

Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish

MIB faoliyatida axborot texnologiyalari muhim o‘rin tutadi. Masofaviy ishlaydigan 15 ta tumanlararo bo‘lim orqali 2,1 million hujjat bo‘yicha 760,1 milliard so‘mlik qarzdorliklar undirildi. Shu bilan birga, qarzdorlarni ogohlantirish tizimi orqali 86,3 million SMS-xabarnoma yuborilib, 2 milliondan ortiq ijro ishlari ixtiyoriy tarzda hal qilindi.

Fuqarolarning ehtiyojlariga yo‘naltirilgan ko‘plab ijro ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi:

 • “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” loyihalari doirasida ehtiyojmand fuqarolarga 1 trillion 21 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

 • Voyaga yetmagan farzandlarni moddiy ta’minlash uchun 1,7 trillion so‘mlik aliment mablag‘lari undirildi.

 • Aliment to‘lovlari bo‘yicha 620 fuqaroning 20,9 milliard so‘m zarar puli to‘lab berildi.

 • Ishsiz aliment to‘lovchilarning 23 mingdan ortig‘i ish bilan ta’minlandi, 12 mingdan ziyod oilalarda yarashuvga erishildi.

Qarzdorliklarni bartaraf etishdagi chora-tadbirlar

Energiya resurslari bo‘yicha qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida 44 mingdan ortiq ijro ishi yakunlanib, 907,6 milliard so‘mlik qarzdorliklar undirildi. Shuningdek, noqonuniy tarzda ishdan bo‘shatilgan 685 fuqaro ishga tiklanib, ularga 51,8 milliard so‘mlik maoshlar undirib berildi.

Byuro rahbari Farrux Toshpo‘latovning ta’kidlashicha, MIB organlari tomonidan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va faoliyatga oshkoralik berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 43 mingga yaqin huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan bo‘lib, ulardan 18 mingdan ortig‘i ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.

Теги :
Jamiyat