2024-yilda metropolitenda qancha yo‘lovchi tashildi?
2024-yilning yanvar—dekabr oylarida Toshkent metropolitenida jami 270,3 mln. nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Statistika agentli maʼlumot berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning yanvar—dekabr oylarida Toshkent metropolitenida jami 270,3 mln. nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Statistika agentli maʼlumot berdi.
Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 98,3 mln. nafar yo‘lovchiga yoki 57,2 foiz o‘sgan.
Yillar kesimi
Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:
- 2020-yil — 38,8 mln. nafar;
- 2021-yil — 101,8 mln. nafar;
- 2022-yil — 136,7 mln. nafar;
- 2023-yil — 172 mln. nafar;
- 2024-yil — 270,3 mln. nafar.
Bir kunda oʻrtacha qancha yoʻlovchi tashilyapti?
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning yanvar—iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 724,5 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan bo‘lib, 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda ushbu ko‘rsatkich 277,1 ming yo‘lovchiga oshgan



