$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent metropoliteni 1 kunda o‘rtacha nechta yo‘lovchi tashiyapti?

Toshkent metropoliteni

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida jami 131,9 mln. yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln nafarga ko‘p.

Bir kunda qancha odam tashilgan?

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 724,5 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan bo‘lib, 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda ushbu ko‘rsatkich 277,1 ming yo‘lovchiga oshgan.

Toshkent metrosi Vikipediyada

Ma’lumot uchun, Toshkent metropoliteni Markaziy Osiyoda yagona. Metro yo‘llari va bekatlar qurilishi 1972-yil iyul oyida boshlangan. Vikipediya ma’lumotlariga qaraganda, Toshkent metrosida 4,200 nafar ishchi-xodimlar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

2023-yil aprel oyida Toshkentda yerusti halqa metro yo‘lining II bosqichi doirasida qurib bitkazilgan yana 5 ta bekatda yo‘lovchi tashuvlari boshlandi. Qo‘yliq, Matonat, Qiyot, Tolariq, Xonobod va Quruvchilar uchastkasida qurilish ishlari tugatilgan 5 ta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometr. Yana ikkita stansiyani o‘z ichiga olgan, uzunligi qariyb 4 km bo‘lgan Quruvchilar, Turon va Qipchoq bekatining (Chilonzor liniyasining Chinor bekati) qurilishi davom etmoqda. Umuman olganda, metrodan foydalanuvchilar soni ortganini uzaytirilgan yo‘llar va yangi qurilgan bekatlar bilan ham bog‘lash mumkin.

Теги :
Jamiyat