$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Qorli ob-havo sabab Toshkentda metrodan foydalanuvchilar 10-12 foizga ortdi

metro tirbandlik

Toshkent metropoliteni matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, poytaxtda kuzatilayotgan qorli va sovuq ob-havo sharoiti natijasida metrodan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada oshgan. Xususan, kunlik yo‘lovchilar oqimi avvalgi kunlarga nisbatan 10-12 foizga ko‘paygan.

Qor va sovuq sharoitida metro tayyor holatga keltirilmoqda

Qor yog‘ishi sabab yo‘llardagi muzlamalar ko‘p sonli aholining metro xizmatlariga murojaat qilishiga olib kelgan. Shu bois metropoliten rahbariyati tig‘iz vaqtlarda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida mavjud poyezdlarning harakat jadvalini optimallashtirdi. Tig‘iz vaqtlarda yo‘nalishlar bo‘yicha intervallar qisqartirildi:

 • “Chilonzor” yo‘nalishi: 1,5-2 daqiqa;

 • “O‘zbekiston” yo‘nalishi: 3 daqiqa;

 • “Yunusobod” yo‘nalishi: 4 daqiqa;

 • “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi: 8 daqiqa.

Bekatlar muntazam tozalanmoqda

Shuningdek, zahira poyezdlar ham shay holatga keltirilgan. Metroda 50 ta bekat bo‘ylab mas’ul xodimlar biriktirilgan bo‘lib, barcha yo‘lovchilar xavfsiz va sifatli xizmatlardan foydalanishi ta’minlanmoqda.

Toshkent metropoliteni xodimlari qor yog‘ishi natijasida bekatlarning zinalari, kirish yo‘laklari va atrofini tun davomida tozalab, ertalabgacha yo‘lovchilar uchun tayyor holatga keltirmoqda, deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat