$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Birjada suyultirilgan gaz narxi 25%ga oshib ketgan

positive

Qonunbuzarlik sodir etgan gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga yoqilg‘i yetkazib berilishi to‘xtatiladi.

"Osmonga ko‘tarilgan narxlar"

AOKAda Energetika vaziri o‘rinbosari Azizxo‘ja Qobilov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda gaz narxining erkinlashtirilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Ishlab chiqaruvchilar va importerlar tomonidan birja savdolariga suyultirilgan gaz qo‘yish hajmlari kamayib, mahsulotning o‘rtacha sotilish narxi iyul oyi boshidagiga nisbatan 25 foiz ya'ni 6 mln. so‘mdan 7,5 mln. so‘mgacha oshgan. 

Birjada mahsulotni ko‘paytirish kerak

Avgust oyining 7 sanasidan e’tiboran "Uzbekistan GTL" MCHJ tomonidan kuniga yana qo‘shimcha 100 tonnadan suyultirilgan gaz birja savdolariga qo‘yib boriladi. 

Qonunbuzarlik holatlari va gaz quyish shoxobchalari nazorati

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar miqdorining 155 mlrd so‘mlik qismini tashkil etuvchi 42 foizi 1 568 ta har xil toifadagi iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelsa-da, uning 214 mlrd so‘mlik 58 foizi 33 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi tomonidan talon-toroj qilingan.

2025-yil 1-yanvarga qadar barcha shoxobchada gaz to‘ldirish ustunlariga qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatilib, realizatsiya qilinayotgan gaz hajmi onlayn kuzatib boriladi.

Endilikda sotilayotgan yoqilg‘ilarning narxlarini sun’iy ravishda oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, mazkur tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda ularga yoqilg‘i yetkazib berilishi to‘xtatiladi.

Теги :
Jamiyat