$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Metanning yangi narxi e’lon qilindi

metan

Metanning yangi narxi e’lon qilindi

1-iyundan chakana savdoda metan gazni belgilagan yangi narxda sotish boshlanadi.

Chakana savdodagi eng baland narx

1-iyundan boshlab, bir kub metan gazni sotish uchun eng yuqori narx belgilandi. Unga ko‘ra ushbu summa 3750 so‘mdan oshmasligi kerak. Bu haqida Energetika vazirligi o‘z Telegram kanalida ma’lumot berdi.

Vazirlik qarori 

Ushbu narx 2024-yil 25-may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish ko‘zda tutilgan qarori asosida belgilandi. Unga ko‘ra, AGTKShlarda tabiiy gazni sotishda tegishli qaror bilan uning eng baland chakana narxi 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘m qilib belgilanmoqda.

Narx 2 oy amalda bo‘ladi

Ushbu narx joriy yilning 1-avgustigacha amalda bo‘ladi . Undan oldingi narx ham ikki oy davomida ayrim o‘zgarishlar bilan muomalada bo‘ladi.

Oldingi narxlar

Bunda avvalgi narx 1-aprelgacha 3250 so‘mni, 1-iyungacha esa 3350 so‘mni tashkil etgandi. 1-iyundan AGTKShlarga yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 so‘mdan 1800 so‘mga oshiriladi. 2025-yilning 1-aprelidan esa AGTKShlar uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so‘mdan yetkazib beriladi.

Теги :
Jamiyat