Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +6°

O‘zbekistonlik tadbirkor Nyu-York merining korrupsiyaga oid jinoyatiga sheriklikda ayblanmoqda

Nyu-York shahri meri Erik Adamsga qarshi korrupsiya bilan aloqador bir nechta federal jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik tadbirkor Nyu-York merining korrupsiyaga oid jinoyatiga sheriklikda ayblanmoqda

Sentyabr oyi oxiri saytimizda Nyu-York meri Erik Adams 2021-yilgi saylov kampaniyasi uchun xorijiy davlatlardan pul olganlikda gumonlanayotgani va bu davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor ekanligini “The New-York Times” nashrining xabarlariga tayangan holda ma’lum qilingandi. 

Dastlabki tafsilotlar

Unga ko‘ra, 2023-yilning noyabr oyida mer alohida federal tergov doirasida telefonlarini topshirgan. Tergov uning 2021-yilgi saylov kampaniyasi uchun Turkiya fuqarolari va davlat amaldorlaridan noqonuniy xayriya olganmi yo‘qmi shu masalani o‘rganayotgan edi. Bu tergov faqatgina Turkiyani emas, balki Isroil, Qatar, Xitoy, Janubiy Koreya va O‘zbekistonga ham daxldor bo‘lgan. O‘zbekiston bu davlatlar ichida — Adams tashrif buyurmagan yagona davlat. Tergovchilar Adamsning saylov shtabi Turkiya hukumati bilan kelishib, saylov oldidan noqonuniy mablag‘ olganligini gumon qilib, buni aniqlashga uringan. 2023-yilning noyabr oyida mer alohida federal tergov doirasida telefonlarini topshirgan. Tergov uning 2021-yilgi saylov kampaniyasi uchun Turkiya fuqarolari va davlat amaldorlaridan noqonuniy xayriya olganmi yo‘qmi shu masalani o‘rganmoqda. Bu tergov faqatgina Turkiyani emas, balki Isroil, Qatar, Xitoy, Janubiy Koreya va O‘zbekistonga ham daxldor. O‘zbekiston — Adams tashrif buyurmagan yagona davlat ekanligi aytilmoqda. Tergovchilar Adamsning saylov shtabi Turkiya hukumati bilan kelishib, saylov oldidan noqonuniy mablag‘ olganligini gumon qilib, buni aniqlashga urinmoqda.

O‘zbek tadbirkorining aloqasi

Endilikda merning faoliyati bo‘yicha yangi ishlar ochilib, unga bo‘lgan savollar ortmoqda. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-York shahri meri Erik Adamsga qarshi korrupsiya bilan aloqador bir nechta federal jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Qiziqarlisi, merning jinoiy ishlariga sherik sifatida ko‘rilayotgan shaxslar qatorida shahardagi qurilish kompaniyasi rahbari, o‘zbekistonlik tadbirkor Tolib Mansurov ham mavjud.  

Merga qo‘yilgan ayblovlar

“New York Times” nashrining so‘nggi xabarlariga ko‘ra, Erik Adams jismoniy shaxslar, korxonalar, xayriya jamg‘armalari yoki davlat idoralarini jalb qilish orqali ixtiyoriy moliyaviy badallarni to‘plash bilan shug‘ullangan. Erik Adams bu jarayonda ko‘plab korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan. Tolib Mansurov esa, bir necha yildan beri uning bu noqonuniy ishiga sheriklik qilgan. 

O‘zbek jamiyati bilan aloqalar

Shahar meri Mansurovning bu yordami uchun bir necha muammolarini hal qilishga va’da bergan. Misol uchun, 2023-yilda Adams Quyi Manxettenda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish marosimini o‘tkazishda Mansurovga ko‘maklashgan. Shuningdek, shahar merining Nyu-York shahridagi o‘zbek jamiyati bilan yaqin aloqasi bo‘lgan. Prokurorlarning ta’kidlashicha, Mansurov va uning xodimlari keyinroq advokatlar ishtirokida tergovchilar tomonidan yana so‘roq qilingan. Oxir-oqibat, u Erik Adamsning korrupsiyaga oid jinoiy ishlariga aloqadorligini tan olgan.