Nyu-York meri saylov kompaniyasi uchun O‘zbekistondan ham pul olganmi?
“The New-York Times” nashrining xabar berishicha, Nyu-York meri Erik Adams 2021 yilgi saylov kampaniyasi uchun xorijiy davlatlardan pul olganlikda gumonlanmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

“The New-York Times” nashrining xabar berishicha, Nyu-York meri Erik Adams 2021-yilgi saylov kampaniyasi uchun xorijiy davlatlardan pul olganlikda gumonlanmoqda. E’tiborlisi, bu davlatlar orasida O‘zbekiston ham borligi ommaviy axborot vositalarida keng tarqalmoqda.
Tergov jarayoni
Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yilning noyabr oyida mer alohida federal tergov doirasida telefonlarini topshirgan. Tergov uning 2021-yilgi saylov kampaniyasi uchun Turkiya fuqarolari va davlat amaldorlaridan noqonuniy xayriya olganmi yo‘qmi shu masalani o‘rganmoqda. Bu tergov faqatgina Turkiyani emas, balki Isroil, Qatar, Xitoy, Janubiy Koreya va O‘zbekistonga ham dahldor. O‘zbekiston — Adams tashrif buyurmagan yagona davlat ekanligi aytilmoqda. Tergovchilar Adamsning saylov shtabi Turkiya hukumati bilan kelishib, saylov oldidan noqonuniy mablag‘ olganligini gumon qilib, buni aniqlashga urinmoqda.
Merning inkori
Bundan tashqari, mer yong‘in xizmatiga bosim o‘tkazib, xavfsizlik muammolariga qaramay, Turkiyaning yangi konsulligi qurilishini ma’qullashga uringaniga oid gumonlar ham tergov qilinmoqda. O‘z o‘rnida Adams ham har qanday huquqbuzarlikni inkor etib, Bronksdagi jamoatchilik uchrashuvida uning ma’muriyati shahar uchun xizmat qilishga qaratilganini ta’kidlagan.



