Mehmonxonalar uchun yangi standartlar tasdiqlandi
Shunga muvofiq 3 toifa shakllantirilib, 1-toifa-oliy toifa bo‘lsa, 3-toifa - quyisi bo‘ladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Mehmonxonalar uchun yangi standartlar tasdiqlandi
Shunga muvofiq 3 toifa shakllantirilib, 1-toifa-oliy toifa bo‘lsa, 3-toifa - quyisi bo‘ladi.
Milliy standart
Turizm qo‘mitasi qoshidagi Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita "Turizm xizmatlari. Modulli mehmonxonalar. Tasniflash tizimi" milliy standartini ishlab chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu standartlar 2024-yil 19-avgustdan amal qilishni boshlaydi.
Standart nimalarni hisobga oladi?
Bu modulli mehmonxonalarning tasniflash tizimini belgilaydi.
Unda foydalaniladigan binolar va tutash hududlar, texnik asbob-uskunalar, binolarning sanitariya-gigiyena jihatdan ta’minlanganligi, xonalarning texnik jihozlanganligi, mebel va inventar, umumiy foydalanish uchun sanitariya obyektlari, jamoat joylari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va xodimlarning tayyorgarlik sifati hisobga olinishi aytib o‘tilgan.
Beriladigan toifalar
Barcha belgilash nizomlariga qarab modulli mehmonxonalarga 3 darajada toifalar beriladi.
Bunda I (birinchi) - oliy toifa, III (uch) esa – quyi toifa hisoblanadi.
Bu toifalarni berish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yuqorilashi hamda yangi darajadagi mehmonxonalar shakllanishi kutilmoqda.



