Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +20° kechasi +9°

O‘zbekistonda qancha MChJ faoliyat yuritmoqda?

Statistika agentligi 2024-yil 1-avgust holati bo‘yicha statistikani taqdim etdi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qancha MChJ faoliyat yuritmoqda?

2024-yil 1-avgust holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jami 293 411 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

Eng ko‘p faoliyat savdo sohasida

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha miqdorda:

-        savdo sohasida — 108 546 ta;

-        sanoat sohasida — 43 136 ta;

-        qurilish sohasida — 26 197 ta;

-        qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 25 828 ta;

-        yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 15 629 ta;

-        tashish va saqlash sohasida — 14 873 ta;

-        axborot va aloqa sohasida — 8 454 ta;

-        sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida — 6 806 ta;

-        boshqa sohalarda — 43 942 ta.

Faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni

Shuningdek, 2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati tuman va shaharlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ko‘rsatkich:

·       Yakkasaroy tumanida – 56,4 birlik;

·       Mirobod tumanida – 46 birlik;

·       Tomdi tumanida – 45,5 birlik

·       G‘ozg‘on shahri – 43,6 birlik;

·       Qorovulbozor tumanida – 41,5 birlik;

·       Bektemir tumanida – 41 birlik;

·       Chilonzor tumanida – 36,3 birlik;

·       Sirg‘ali tumanida – 30,1 birlik;

·       Mirzo Ulug‘bek tumanida – 30 birlik ekanligi kuzatilgan.