$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy bank bir yarim yildan beri birinchi marta to‘lov tashkiloti faoliyatiga ruxsat berdi

To

Markaziy bank qariyb bir yarim yil ichida birinchi marta to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

“Oxus Pay”ga litsenziya berildi

Regulyator boshqaruvi qarori bilan “Oxus Pay” aksiyadorlik jamiyatiga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Oxus Pay” 2024-yilning 15-oktabrida tashkil etilgan. Kompaniya kompyuter dasturlash sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanadi.

To‘lov tashkiloti haqida

10 mlrd. so‘m ustav kapitaliga ega kompaniyaning 100 foiz ulushi “OxusTech”ga tegishli. Rahbari — Israilov Farxodjon Axmadjanovich. O‘z navbatida, 2023-yilning mart oyida ochilgan “OxusTech” kompaniyasining 100 foiz ta’sischisi “Oxustech Holding Limited” hisoblanadi.

Oxirgi litsenziya 1 yarm yil oldin berilgandi

Oxirgi marta Markaziy bank 2023-yilning avgust oyida “United Payment Solution”ga mazkur faoliyat uchun litsenziya taqdim etgandi. Biroq, o‘tgan yilning sentabr oyida to‘lov tashkiloti litsenziyasi chaqirib olinib, reyestrdan chiqarilgandi.

O‘tgan yili 7-8 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasi bekor qilingan

2024-yilning 1-iyulidan to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko‘rsatishi kerak. Mazkur talablar kuchga kirgach, Markaziy bank ularga javob bermaydigan tashkilotlarni litsenziyasidan mahrum qila boshladi.

O‘tgan yilning bir necha oyi ichida regulyator 7−8 ta to‘lov tashkilotining litsenziyalarini bekor qildi. Xususan, may oyida “Payment Aggregation Systems”, “Yurt Pay”, “Instant Payment Solutions”, “Source To Pay” va “TAPP Payment”, iyul oyida esa “UzPost” shuba korxonasi, “Qulay Pul” va “Payment System Platform” litsenziyalaridan mahrum bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat