$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

“Hammasi yaxshi, lekin cho‘kyapmiz”

Ko

Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

8 million tonnalik qazib olish va ikki yillik "nollashtirilgan" bojxona boji

Issiqlik elektr stansiyalari barqaror ishlashi, aholi va ijtimoiy soha ehtiyojlari uchun joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni yanada ko‘paytirish va bu borada 8 million tonnalik ko‘rsatkichga intilish zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, mazut va ko‘mir ikki yilga bojdan ozod qilinadi. Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar beriladi.

Energosamaradorlik yo‘lida ko‘mir uchun bojlar bekor qilinishi kerakmi yoki konditsionerlar uchun?

Iqtisodchi bloger Otabek Bakirov ushbu xabardan keyin o‘z Telegram sahifasiga ushbu sarlavha ostida post joyladi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda qanday oligarxlar ko‘mir importini nazorat qiladi, mazut importchilari qaysi korchalonlar, degan savol qo‘yilsa, rasmiy javob baribir berilmaydi. Lekin nima uchun shonli energetiklar o‘zi murakkab ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtiradigan, ekologiyaga qo‘shib insonlar salomatligini yomonlashtiradigan ko‘mir va mazutga bojlar bekor qilishni dastaklayotganini tushunish uchun shu ritorik savolning o‘zi kifoya bo‘ladi.

“Ko‘mir va mazutga bojlarning bekor qilinishi xalqqa va mamlakatga ziyon bo‘lishi mumkin, lekin oligarx va korchalonlarga foyda”, – deydi u.

Bu ham qora tuynuk modelining bir qismi, ajralmas qismi

Energotejamkorlikka o‘tish maqsadlarida konditsioner va umuman maishiy texnikaga bojlarning bekor qilinishi xalqqa va mamlakatga foyda, lekin proteksionistik bojlardan nafsi hakalak otib o‘sayotgan ajdarho oligarxlarga ziyon.

Shunday ekan, shonli energetiklar konditsioner va maishiy texnika uchun emas, ko‘mir va mazutga bojlarni bekor qilishni so‘rashayotganidan ajablanmaslik kerak. Bu ham qora tuynuk modelining bir qismi, ajralmas qismi.

“Agar yopiq qarorlar bilan o‘zgartirish kiritilmagan bo‘lsa yoki ko‘mir va mazut import qiluvchi “begonalar”ga alohida bojlar kiritilmagan bo‘lsa, ko‘mir va mazut uchun bojlar o‘zi “nollashtirilgan””, – deya eslatma berib ketdi Bakiroo.

Теги :
Jamiyat