$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Aholiga arzon narxda tarqatiladigan koʻmirni talon-toroj qilish “mavsum”i boshlandi

Ko

Uzun tumanida fuqaro F.M. “Erkinlik” MFY hududidagi noturar binoda saqlab kelgan tegishli hujjatlari boʻlmagan har bir qopi 20 kg. boʻlgan jami 5 000 qop koʻmirni fuqaro A.A .ga 100 mln. soʻmga sotishga kelishadi.

Ashyoviy dalillar bilan ushlandi 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu pullar hisobidan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Koʻmir taʼminot” MCHJning Uzun tumani ombori mudiri E.R. kuz-qish mavsumida tuman aholisi va tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun olib kelingan umumiy bahosi 447,2 mln. soʻm boʻlgan jami 1 470 tonna koʻmirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

Davlat va jamiyat manfaatlariga qancha zarar yetdi?

Shu orqali davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgani, xususan, 2023-yilning sentyabr oyida tadbir davomida ushlangan F.M. ga 180 tonna koʻmirni 120 mln. soʻmga sotgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tizim qachon tozalanadi?

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 31-oktyabrida Prezident raisligida energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda ayrim hududlarda aholiga ko‘mir tarqatish tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, oqibatda yetkazib berilgan ko‘mirni yuqori narxlarda noqonuniy sotib yuborish va talon-toroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilinib, Bosh prokuraturaga tarqatilayotgan ko‘mirning aholiga yetib borishini nazorat qilish bo‘yicha tizim yaratish topshirilgandi. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Bosh prokuraturaning ishchi guruhi hududlarda muntazam ravishda nazorat tadbirlarini o‘tkazmoqda. Tekshiruvlardan shu xulosaga kelish mumkinki, tizim poraxo‘rlik va jinoyatchilikka botgan.