55 ta davlatga 1,5 milliard AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan
Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 11,8 % ini tashkil etgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar-iyun oylari
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 1,5 mlrd AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 11,8 % ini tashkil etgan. Bunda 55 ta davlatga eksport qilingan.
Mahsulot turi
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
Kalava-ip – 708,6 mln.
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 584 mln.
Trikotaj mato – 144,1 mln.
Gazlamalar – 75,1 mln.
Paypoq mahsulotlari – 20,5 mln. dollarni tashkil etgan.
O‘tgan yilgi holat
2023-yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 2,8 mlrd AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilingan.
Bunda to‘qimachilik mahsulotlari umumiy eksportning 12,1 % ini tashkil etgan edi.
2023-yil so‘ngidagi statistikaga ko‘ra, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari 41,3 %, kalava-ip 40,7 % asosiy ulushni egallagan.
Bundan kelib chiqadi-ki, mahsulotlarni tayyor holatda sotish 2024-yilda pastlagan. Mahsulotlarni tayyor holatda eksport qilish sohada katta imkoniyatlar va ish o‘rinlarini yaratishi mumkin.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 1,2 mlrd.
Kalava-ip – 1,1 mlrd.
Trikotaj mato – 284,8 mln.
Gazlamalar – 164,8 mln.
Paypoq mahsulotlari – 56,9 mln. dollarni tashkil etgan.



