$
 12606.73
49.17
 14849.47
40.34
 159.86
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Qashqadaryoda 6 oyda 1034 nafar haydovchi mast holda avtomobil boshqargani ma’lum bo‘ldi

mast

Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida viloyat yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan aniqlangan jami qoidabuzarliklar 172 ming 524 tani tashkil qilgan. Shundan qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar 62 ming 741 ta bo‘lgan. Bu haqda viloyat YHXB boshlig‘i Aziz Sadirov ma’lumot berdi.

Yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar

Aniqlashtirilishicha, mast holda rulga o‘tirgan haydovchilar 1034 nafar kishini tashkil qilsa, 5412 nafar haydovchi tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan. 

“17 ming 239 nafar haydovchi svetafor ishoralariga bo‘ysunmagan bo‘lsa, 886 nafar haydovchi esa YPX xodimiga, 35 ming 601 nafari esa yo‘l belgilariga bo‘ysunmagan. Qoidabuzarliklardan kelib chiqib, 8281 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan”, – deydi mas’ul.

Qashqadaryo tajribasi

Qashqadaryoda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Qashqadaryo tajribasi ham ishlab chiqilgan. 

“Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida viloyat hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida xavfli hudud deb topilgan qismlarida Qashqadaryo tajribasi sifatida 17 ta “Mobil post”lar tashkil etildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda”, – deydi Aziz Sadirov.

Mast holatda mashina boshqarish qanday jazolanadi?

Haydovchiga transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ta'sirida yoki oʻzgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish taqiqlanadi.

Bunda haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta'siridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, BHMining 25 baravari (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, – bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta'siridan yoki oʻzgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish – transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Respublika bo‘yicha sodir etilgan YTHlar

2024-yilning 5 oyida esa mamlakat bo‘yicha sodir bo‘lgan umumiy yo‘l-transport hodisalarining soni har 100 ming aholiga 7,2 tani tashkil etgan bir paytda ushbu salbiy ko‘rsatkich Toshkent shahrida 12,8 tani, Toshkent viloyatida 12,2 taga, Namangan viloyatida 9,1 taga va Farg‘ona viloyatida 8,4 taga yetgan.

O‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining salmog‘i Samarqand, Toshkent (80 tadan), Farg‘ona (69 ta), Qashqadaryo va Surxondaryo (53 tadan) viloyatlarida hamon yuqoriligicha qolmoqda.

Asosiy sabab — yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar

Maʼlum qilinishicha, hodisalarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, ularning 57 foizi yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar hamda 43 foizi haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgani maʼlum bo‘lgan.

1 601 nafar shaxs sudlandi

2024-yilning 1-yarmida 1 601 nafar shaxs sudlanib, ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1 050 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi taqdim etgan maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning besh oyida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 53,7 foizi piyoda va velosipedchilar bilan bog‘liq holatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

YTHlar soni so‘nggi 4 yilllikda 4 barobarga oshgan

2024-yilning birinchi yarmida (yanvar—iyun oylari) 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, buning oqibatida 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar inson halok bo‘lgan. Solishtirish uchun, 2020-yilning birinchi yarmida jami 2388 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Shundan 383 tasi bolalar, 1154 tasi piyodalar va 101 tasi velosiped ishtirokida qayd etilgan. Yuqoridagi raqamlar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning birinchi yarmida sodir bo‘lgan YTHlar soni, 2020-yilga qaraganda deyarli 4 barobarga oshgan.

Теги :
Jamiyat