Aksiz markalarini qalbakilashtirish holatlari ko‘paymoqda
Do‘konlarda soxta aksiz markali alkogol mahsulotlari sotilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Aksiz markalarini qalbakilashtirish holatlari ko‘paymoqda
Do‘konlarda soxta aksiz markali alkogol mahsulotlari sotilgan.
Olmazor, Uchtepa, Yunusobod va Mirobod tumanidagi holatlar
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor, Uchtepa, Yunusobod va Mirobod tumani bo‘limlari tomonidan hududlarda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Ushbu hududlardagi "O.T.", "A.V.", "Ye.V." va "K.T." MCHJlarga qarashli alkogol mahsulotlari savdo do‘konlarida 33 turdagi jami 1 047 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Uchqo‘rg‘on, Norin va Yangiqo‘rg‘on tumanlari
Departamentning Uchqo‘rg‘on, Norin va Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda esa "Q.Sh.", "J.I." va "O‘.A." MCHJlarga qarashli do‘konlarda 25 turdagi jami 218 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, yana bir holatda fuqaro qo‘lbola usulda tayyorlangan jami 180 ta qalbaki alkogol mahsulotlarni 4 millionga sotmoqchi bo‘lgan paytida qo‘lga olindi.
Jinoyat ishlari
Barcha holatlari yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aksiz markalarning muhimligi - ular mahsulot va uning sifati, iste’mol yoki foydalanishga yaroqli ekanligi haqida xaridorga ma’lumot beradi. Mahsulot xarid qilganda esa ularni tekshirib olish shart.



