$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Kuniga 128 million : Abduqodir Husanov Angliya jamoasida qancha maosh oladi?

Husanov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi yangi klubga o‘tganidan so‘ng eng ko‘p maosh oladigan o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

APL’dagi ilk o‘zbekning “oyligi” qancha?

Futbolchining agentiga yaqin bo‘lgan manba, insayder Narzulla Saydullayev kuni kecha o‘zining Telegramdagi sahifasida Abduqodir Husanovning yillik maoshi miqdorini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, markaziy himoyachining “Shaharliklar” safidagi yillik maoshi taxminan 3,5 million yevroni tashkil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, futbolchining oylik maoshi 290 ming yevroni, haftalik maosh 67 ming yevroni, kunligi esa 9,5 ming yevroni tashkil qiladi. 

Yetakchi o‘zgardi

Shu tariqa Abduqodir Husanov eng ko‘p maosh oladigan o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. bungacha o‘zbekistonliklar orasida eng ko‘p maoshli futbolchi Eldor Shomurodov sanalib, uning Rim klubi bilan 2026-yilga qadar imzolangan shartnomasiga ko‘ra, Eldorning yillik maoshi 2 mln. yevroni tashkil qilishi haqida xabarlar tarqalgan. 

Rossiyadagi legionerlarimiz qancha oladi?

Avvalroq saytimizda ko‘p bor o‘zbekistonlik futbolchilarning maoshiga doir maqolalar taqdim qilingan. Misol uchun, Rossiya Premyer-ligasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatovning "Rubin" klubidagi yillik maoshi 100 ming yevroni tashkil qilgan. Bu oylik 8 333 yevro, haftalik qariyb 2 ming yevro maoshdir. Shuningdek, Abbos Fayzullayev Moskva klubida yillik 110 ming yevro maosh olayotganini ham ma’lum qilgan edik. 

Superliga futbolchilarining maoshlari 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Superligada faoliyat olib borayotgan futbolchilarning oyliklari haqida ma’lumotni ochiqlagan edi. “Endi faoliyatini boshlayotgan futbolchilar 2—3 million so‘m oylik oladi. Eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar 100—150 million so‘m atrofda maosh oladi. Shuni aytishim mumkin. Bu hamma futbolchi shuncha maosh oladi, degani emas. O‘rtacha maosh miqdori Superligada 25—30 millionni tashkil qiladi. Pro Ligada o‘rtacha oylik 10—15 million atrofida”, — degan PFL bosh direktori.

Murabbiy va legioner futbolchilar

Yuqorida PFL bosh direktori ko‘p ehtimol mahalliy futbolchilarning maoshi haqida so‘zladi. Tabiiyki, o‘quvchida yana savollar tug‘iladi. Legionerlar va murabbiylar qancha maosh oladi? Yuqorida Superliganing uzoq yillik to‘purari Dragen Chernning uch yil avvalgi maoshi bilan tanishdingiz. Qolgan legionerlarning ham maoshini klub ambitsiyalari va o‘yinchining mahoratidan kelib chiqib taxmin qilishingiz mumkin. Masalan, O‘tgan mavsum “Nasaf”ga olib kelingan va jarohat sabab ko‘plab o‘yinlarda maydonga tusha olmagan Andres Chavez qarshiliklar safida oyiga 30 ming AQSH dollari miqdorida maosh olgan. O‘zbekistonlik legioner futbolchilar ham xorij jamoalarida oyiga eng kamida 20 ming AQSH dollaridan maosh olishadi. Murabbiylarning maoshiga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda bugungi kunda grand jamoalar murabbiylari tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra 15-25 ming dollar oralig‘ida oylik maosh olishadi.

Теги :
Jamiyat