100 ming rubldan ortiq maosh: Moskvada dvorniklarning maoshlari ofis xodimlarining maoshlariga yetib oldi
Bugungi kunda “dvornik”larning o‘rtacha oylik daromadi 61 610 rublga yetgan bo‘lsa-da, ayrim xususiy sektorda faoliyat yurituvchi xodimlar bundan ham koʻp maosh olmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Kuz va qish mavsumining yaqinlashishi bilan Moskva aholisi ko‘chalarda “dvornik”lar yetishmovchiligidan xavotirlanmoqda. Mutaxassislar hozirgi paytda xodimlar soni yetarli ekanini aytishmoqda, ammo qishda vaziyat o‘zgarishi mumkin.
“Dvornik”larning maoshi 29 foizga oshdi
Moskvadagi “dvornik”lar soniga talab oshib bormoqda, bu esa ular ish haqining ko‘tarilishiga olib kelmoqda. So‘nggi yil ichida uy-joy kommunal xo‘jaligi xodimlarining o‘rtacha ish haqi 29 foizga oshgan. Bugungi kunda “dvornik”larning o‘rtacha oylik daromadi 61 610 rublga yetgan bo‘lsa-da, ayrim xususiy sektorda faoliyat yurituvchi xodimlar bundan ancha yuqori maosh olmoqda.
Xususiy kompaniyalarda “dvornik”lar 100 ming rublga qadar daromad olishmoqda
Moskvada xususiy kompaniyalarda ishlaydigan “dvornik”lar o‘rtacha 100 ming rublgacha daromad olishlari mumkin. Ular biznes markazlari, savdo majmualari yoki xususiy klinikalar hududini tozalash uchun yuqori maosh va turli bonuslarga ega bo‘lmoqda. Ushbu daromadlar esa ofis xodimlari bilan tenglashib qolmoqda.
“Dvornik”larga berilayotgan qoʻshimcha imtiyozlar
Moskvadagi “dvornik”lar ko‘plab qo‘shimcha imtiyozlarga ega: moslashuvchan ish tartibi, yo‘lkira to‘lovi, bepul ovqatlanish va dam olish joylari.
«Авито Работы» ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning uchinchi choragida Moskvada “dvornik”larga talab 18 foizga oshgan. Qish mavsumida esa bu talab yanada ortishi kutilmoqda, chunki kommunal xizmatlar qishda ko‘proq ishchi kuchiga ehtiyoj sezadi.



