$
 11975.36
-98.06
 14020.75
-113.6
 162.91
-1.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan qonun qabul qilindi

Manfaatlar to

Korrupsiyaga qarshi kurashishga yana bir qadam, huquqni qo‘llash amaliyotida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va tartibga solish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzoladi.

Maxsus vakolatli davlat organi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Mazkur Qonun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solishga qaratilgan.

Qonunda quyidagilar belgilangan:

-     manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish, shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab boshqalarni harakat (harakatsizlikka) majburlamaslik bo‘yicha xodimlarning huquq va majburiyatlari;

Bunda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni xodimlar tomonidan oshkor etish ikki shaklda, ya’ni mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma berish va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

-     xodimga aloqador shaxslar davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan munosabatlarga kirishganda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha deklaratsiya to‘ldirish majburiyatlari belgilandi.

-     Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilandi.

Munosabatlarni tartibga solishda ichki nazorat vazifalari

O‘z navbatida, davlat tashkilotlari, ularning odob-axloq komissiyalari, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda ichki nazorat vazifalarini amalga oshiradi.

-     Manfaatlar to‘qnashuvini bir qator axborot manbaalaridan aniqlash yo‘li bilan amalga oshirish belgilandi. Misol uchun: tijorat tashkilotlarining affillangan shaxslari va yakuniy naf oluvchilari (benefisiarlari) ro‘yxatlaridan; “Yagona milliy mehnat tizimi” Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan va boshqalar.

-     Manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlarini tartibga solish bo‘yicha bir qator choralar belgilandi. Misol uchun, kollegial organ tarkibidan ixtiyoriy ravishda o‘zini o‘zi rad etishi orqali yoki majburan chetlashtirish choralarini ko‘rish orqali manfaatlar to‘qanshuvining oldi olinadi.

-     Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri yuritiladi. Unda xabar berilgan, aniqlangan hamda tartibga solingan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.

Jarima masalalari

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan bo‘lsa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko‘rmaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan bo‘lsa, o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Bunda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bilan bog‘liq vazifalar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Qachon kuchga kiradi?

Bundan tashqari, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l quyilgan holda tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi hamda bitim bo‘yicha barcha olingan foyda davlat budjetiga o‘tkaziladi.

Qonun qabul qilingan kundan 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Теги :
Jamiyat