$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Putin qonunni imzoladi: Endi rus tilini bilmaydigan migrant bolalari maktablarga qabul qilinmaydi

Maktab

RF prezidenti Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan migrantlarning farzandlarini Rossiya maktablariga qabul qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu boradagi hujjat normativ-huquqiy hujjatlar saytiga joylashtirilgan.

Qonun mualliflari kim?

Qonun mualliflari — Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, vitse-spiker Irina Yarovaya, Dumaning asosiy qo‘mitalari hamda Davlat Dumasi fraksiyalari rahbarlari.

Qonunga muvofiq, boshlang‘ich umumiy, asosiy umumiy va o‘rta umumiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun yetarli bo‘lgan rus tilini bilish bo‘yicha test sinovlaridan o‘tmagan migrantlarning farzandlariga ushbu ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga ruxsat etilmaydi.

Rossiyada noqonuniy yurgan migrantlarning bolalari ham maktabga qabul qilinmaydi

Qonun bilan, shuningdek, Rossiyada hududida noqonuniy ravishda yurgan migrantlarning farzandlarini ham maktabga qabul qilish taqiqlandi.

Ta’kidlanishicha, Rosobrnadzor test sinovlarini o‘tkazilishini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, uni amalga oshirish uchun diagnostika materiallarini ishlab chiqishni tashkil qiladi, rus tilini bilishni baholash mezonlari, shuningdek, bunday testdan muvaffaqiyatli o‘tganini tasdiqlovchi minimal ballarni belgilaydi.

Migrant bolalarining 41 foizi rus tilini bilmaydi

Avvalroq Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin joriy o‘quv yili boshida migrant bolalarning 41 foizi rus tilini bilishda qiynalayotganini aytgan edi. Uning fikricha, sifatli ta’lim olish va maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun “rus tilini bilish kerak”.

“Aks holda, tilni bilmagan bola uchun o‘rganish va ijtimoiy moslashish jarayonlari nihoyatda qiyinlashadi, sinfdoshlari va o‘qituvchilari bilan muammolar paydo bo‘ladi. <…> Mamlakatimizga kelganlar rus tilini bilishi, rus madaniyati va tarixini hurmat qilishi, Rossiya qonunlariga qat’iy rioya qilishi shart”, – degandi u.

Теги :
Jamiyat