$
 12677.04
32.03
 14122.22
64.76
 139.06
1.4
weather
+26
Кечаси   +14°

“Makro” supermarketidagi pishgan go‘sht rastasida suvarak yurgani aniqlandi

makro

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.

Oxirgi marta 30-iyunda dezinfeksiya qilingan

O‘rganishlar davomida supermarketda zararsizlantirish ishlarini o‘tkazib turish uchun “Tashsanexpert” MCHJ bilan shartnoma tuzilgani va so‘nggi marta 30-iyun kuni dezinseksiya ishlari olib borilgani aniqlangan.

Pastki qavatdagi Xitoy restorani sabab suvarak paydo bo‘lgan

Shu bilan birga, do‘konning pastki qavatida joylashgan Xitoy restoranida oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanishi va undan do‘konga suvaraklar kelib qolish ehtimoli mavjudligi sababli bir necha marotaba birgalikda zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilingan. Biroq restoran maʼmuriyati tomonidan doimiy rad javobi berib kelingan.

Zararkunandalarga qarshi qayta dezinfeksiya ishlari

Restoran rahbariyati bilan olib borilgan suhbat natijasida ovqatlanish korxonasida zararsizlantirish ishlarini olib borish uchun hech qanday shartnoma mavjud emasligi maʼlum bo‘lgan. Shuningdek, supermarketda profilaktik chora ko‘rish maqsadida qaytadan zararkunandalarga qarshi dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

“Supermarket hamda restoranda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakildan ruxsat olinib, kuchaytirilgan tekshiruv ishlari amalga oshirilishini maʼlum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Теги :
Жамият