$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Partiyalarning saylovdagi har bir taklifi amalga oshiriladi — Shavkat Mirziyoyev

prezident

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.

Saylov va xalqaro e’tirof

Davlat rahbari so‘zining avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda deputat degan sharafli nomga sazovor bo‘lganlarni tabrikladi. Prezidentimiz tomonidan bu yuksak ishonch ularning boy bilimi va hayotiy tajribasi, el-yurtimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan fidoyi mehnatiga nisbatan xalqimizning ulkan hurmat va ehtiromi ifodasi ekani ta’kidlandi.

Prezidentning ta’kidlashicha, O‘zbekiston parlament saylovlari xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholandi va jarayonlar xalqaro standartlarga mos holda o‘tgani e’tirof etildi.

Partiyalarning takliflari qo‘llab-quvvatlandi

Prezident partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalqimiz qo‘llab-quvvatlagan har bir taklif albatta ko‘rib chiqilishi va amalga oshirilishini ta’kidladi.

• O‘zLiDeP: Xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash.

• “Milliy tiklanish” partiyasi: Maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash.

• Xalq-demokratik partiyasi: Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlarni yaxshilash va pensiya kafolatlarini mustahkamlash.

• “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi: Istirohat bog‘lari va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash, dorilar ustidan nazoratni kuchaytirish.

• Ekologik partiya: Davlat organlari va korxonalar hududida yashil bog‘lar tashkil etish.

O‘tgan chaqiriq natijalari

O‘tgan 5 yil davomida quyi palata tomonidan qabul qilingan yutuqlar e’tirof etildi:

 • 130 dan ortiq yangi va yaxlit qonunlar qabul qilindi, bu oldingi davrga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

 • O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahririni qabul qilishda deputatlar jonbozlik ko‘rsatdi.

Prezident o‘tgan chaqiriqda faoliyat ko‘rsatgan deputatlarga minnatdorchilik bildirib, ularning samarali mehnatini e’tirof etdi.

Parlamentdagi muammolar

Parlament faoliyatida yutuqlar bilan birga e’tibordan chetda qolgan masalalar ham bo‘lgani qayd etildi. Prezident ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan va aniq ijro mexanizmlariga ega qonunlar ulushi kamligicha qolmoqda. Parlament nazorati to‘laqonli ta’sirchan institutga aylandi, deb hozircha aytib bo‘lmaydi, parlament va deputatlik nazorati ijtimoiy soha bilan cheklanib qolmoqda.

Deputatlarning siyosiy faolligi tanqid qilindi

Deputatlarning saylov okrugidagi faoliyati asosan uchrashuvlar tashkil etish, shikoyat va savollarga rasmiy javob berishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Misol uchun, islohotlarning muhim qismi bo‘lgan kambag‘allikni qisqartirish masalasida deputatlarimiz hali o‘z o‘rnini topa olgani yo‘q.

So‘nggi yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va mintaqa doirasida bir qator yirik tashabbuslar ilgari surildi. Ana shu tashabbuslarning mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazishda deputatlarda, afsuski, faollik yetishmayapti.

Yangi tarkibning o‘ziga xosliklari

Shavkat Mirziyoyev yangi deputatlar tarkibi haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

 • Deputatlarning 60 foizi yangilanib, 87 nafar yangi deputat saylandi.

 • 35 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar yosh deputat, shuningdek, Yoshlar parlamentining 2 nafar vakili deputat etib saylandi.

 • Tarixda ilk bor nogironligi bo‘lgan fuqaro Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.

 • 63 nafar deputat qayta saylangani parlament ishida uzviylik va professionalizmni ta’minlaydi.