$
 12813.04
-12.39
 13457.54
-36.09
 122.60
1.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Ombudsmanga 2 mingdan ortiq murojaat: mahkumlar nimadan norozi?

Qamoqxona

2024-yilning 10 oyida Ombudsman nomiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ma’lum qildi.

774 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi

2024-yilning 10 oyida Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 774 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. Monitoring tashriflari davomida 9,5 minga yaqin mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy hamda 4321 ming nafar shaxs bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. 

Monitoring tashriflarida aniqlangan kamchiliklarni bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 56 nafar xodimga xayfsan berildi, 2 nafar xodim jarimaga tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

2 232 ta murojaat: mazmun qanday?

Hisobot davrida Ombudsmanga harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari va himoyachilari (advokatlari) tomonidan 2 232 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi natijasida 32 nafar jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 18 nafari davolanish uchun kasalxonalarga joylashtirildi.

7 nafar mahkumga jazo muddatining o‘talmay qolgan qismini yengilrog‘iga almashtirishida yoki muddatidan ilgari shartli ozod etilishida, 8 nafariga amaldagi intizomiy ta’sir chorasini muddatidan avval rag‘batlantirish tariqasida yechilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. 

4 nafar mahkum yashash joyiga yaqin bo‘lgan jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazilgan. Manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning 12 nafar voyaga yetmagan farzandlariga bola nafaqasi puli olishda va 5 nafar mahkumning oila a’zolariga joylardagi mahalliy hokimliklar ko‘magida moddiy yordam ajratilishiga ko‘maklashildi.

Bosim o‘tkazilgani yuzasidan shikoyatlar

Ombudsman nomiga 2024-yilning 10 oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushdi. 

Shikoyatlarning 14 tasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar Ombudsmanning murojaatiga asosan yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi belgilangan. 52 tasi esa o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra o‘z tasdig‘ini topmadi. 

62 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. 

Shuningdek, shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijasida 10 nafar xodimga nisbatan intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan. 3 ta holatda xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Теги :
Jamiyat