$
 12654.13
67.72
 14817.99
59.17
 161.18
0.76
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Mahalla bankirlarini topish uchun tezkor Telegram-bot ishga tushirildi

Mahalla bankirlari

MKBANK tomonidan joriy etilgan yangi @mkb_mahallabankiri_bot Telegram-boti orqali endilikda fuqarolar o‘z mahallasiga biriktirilgan mahalla bankiri va mahalla agenti haqida ma’lumotlarni tez va oson topishi mumkin.

Qanday ishlaydi?

Foydalanuvchi botga lokatsiyasini yuboradi yoki viloyat, tuman va mahalla nomini tanlab, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Bot orqali bankirning telefon raqami, agent haqida to‘liq ma’lumot, kredit olish bo‘yicha maslahatlar, tadbirkorlik uchun tayyor loyihalar va boshqa foydali tavsiyalar taqdim etiladi.

Test rejimida

Bot hozirda test rejimida ishlamoqda. Foydalanuvchi lokatsiya yuborish, viloyat va tuman tanlash yoki mahalla nomi orqali kerakli ma’lumotni olish imkoniga ega. Bot hozirda test rejimida ishlamoqda. Taklif va mulohazalarni bot ichidagi bog‘lanish oynasi orqali yuborish mumkin.

Reklama huquqlari asosida