$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Magniy yetishmovchiligi surunkali kasalliklarga chalinish xavfini oshiradi

magniy

Avstraliyalik olimlar tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot ushbu mikroelementning yetishmasligi surunkali degenerativ kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirishini tasdiqladi.

Organizmdagi asosiy kasalliklarning kelib chiqishiga magniy sabab

Inson organizmidagi 600 dan ortiq fermentlarning faolligiga vositachilik qiluvchi magniyni kam iste’mol qilish (kuniga 300 mg dan kam) ko‘plab kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

Janubiy Avstraliya universiteti olimlari 172 nafar o‘rta yoshli erkak va ayollarning qon namunalarini sinovdan o‘tkazgandan so‘ng magniyning past darajasi va gomotsistein deb ataladigan zararli aminokislotalarning yuqori darajasi o‘rtasida kuchli bog‘liqlik borligini aniqladi.

“Bizning tadqiqotimiz qondagi magniy darajasining pastligi (18 mg / L dan kam) va DNKning shikastlanishi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatdi ...Bu shuni ko‘rsatadiki, genlarni gomotsistein toksikligidan himoya qilish uchun qondagi magniy miqdorini yetarlicha yuqori darajada ushlab turish kerak”, deydi tadqiqotchilar.

Magniy yetishmasligi Alsgeymer rivojlanishiga olib keladi

Ularning aytishicha, past magniy va yuqori gomotsistein - genlarga zarar yetkazadi va odamlarni Alsgeymer, Parkinson, oshqozon-ichak kasalliklari, saraton va diabet rivojlanishiga moyil qilib qo‘yadi.

Shuningdek, surunkali magniy yetishmovchiligi organizmning energiya ishlab chiqarish va hujayralarni oziqlantirish faoliyatini buzadi, bu esa to‘qimalarning tez qarishiga olib keladi va odamlarda yoshga bog‘liq kasalliklar erta boshlanishiga sabab bo‘ladi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, magniyning tabiiy manbalarini ta’kidlab o‘tdi: don mahsulotlari, yashil bargli sabzavotlar, yong‘oqlar, loviya va qora shokolad.