$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Magistratura qabuli uchun rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoni berilmoqda

Magistratura

Arizalarni ko‘rib chiqishda ko‘plab murojaatlar turli hujjatlardagi nuqsonlar sababli rad etilgan. Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi. 

Nega ba’zi arizalar rad etilgan? 

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqa hujjat yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablar) sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Qayta tahrirlash imkoniyati

Shuni inobatga olib, 1–30-iyul kunlari magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga o‘qishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud bo‘lganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 6–8-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Qaysi holatda arizalarni tahrirlash mumkin emas?

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. 

Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa ko‘rib chiqilmaydi.