Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +8°

«Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba» — O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi madhiyasi taqdim etiladi

Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Uzbekistan’s Club” tashabbusi bilan “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” shiori ostida jamoa madhiyasi uchun video suratga olindi.

2 daqiqa o‘qiladi

«Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba» — O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi madhiyasi taqdim etiladi

Tarixiy natija qayd etib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Uzbekistan’s Club” tashabbusi bilan “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” shiori ostida jamoa madhiyasi uchun video suratga olindi.

O‘zbekistonliklarni bir maqsad yo‘lida birlashtirish, olimpiya jamoamizni bo‘lajak yirik musobaqada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha uchun Konstaning “O‘zbekistonlik” treki madhiya sifatida tanlab olindi. Suratga olish ishlarida bosh murabbiy Temur Kapadze va jamoa yulduzlari ishtirok etishdi.

Mazkur videorolik ilk marta 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadigan katta gala-konsert mobaynida taqdim qilinadi.

Loyihaning ahamiyatli tomoni shundaki, uni amalga oshirish uchun davlat idoralari, xususiy kompaniyalar kreativ sanoat vakillari birlashdi. Ular sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning atrofida barcha o‘zbekistonliklarni birlashtirishga qaratilgan ulug‘vor vatanparvarlik milliy loyihasini yaratish g‘oyasidan ilhomlandilar. Loyiha O‘zbekiston hukumati, O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ucell, Uzbekistan Airways, Chevrolet Uzbekistan kompaniyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Loyiha san’atkorlar, jurnalist va blogerlar, inflyuyenser va fikr yetakchilari bo‘lmish O‘zbekiston kreativ sanoati namoyandalarini yagona g‘oya ostida jamlamoqda. Tasvirga olish ishlarida Venkon PR, United Soft, Dilshoh Media Art Sraft, Ahad Mix kabi kompaniyalardan iborat maxsus ijodiy guruh shakllantirilgan, Germaniyadan taniqli kinooperator Maks Sui taklif etilgan.