$
 12902.00
8.93
 13428.40
41.53
 127.60
1.64
weather
+26
Кечаси   +14°

Ikki yilda mingdan ortiq liftlarning montaj ishlarida kamchiliklar bartaraf etilmagani aniqlandi

Lift fojialari

2022—2024-yillar davomida yangi foydalanishga topshirilayotgan ko‘p kvartirali uylarda o‘rnatilgan 983 ta liftlarni o‘rnatgan tashkilotlar tomonidan montaj ishlarida kamchiliklar bartaraf etilmagan, 102 ta liftlarda montaj ishlari oxiriga yetkazilmagan va muvofiqlik sertifikati olinmagan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi. 

Respublikada qancha lift bor?

Bugungi kunda respublikadagi 4 427 ta ko‘p kvartirali uylarda 11 428 ta lift uskunalari mavjud bo‘lib shulardan, 11 070 tasi odam tashishga, 358 tasi yuk tashishga mo‘ljallangan. Ushbu uy-joylardagi ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ma’nan eskirgan lift uskunalarin yangilash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Tasdiqlangan dasturlarga asosan 2021—2023-yillarda 1 686 ta liftlar yangilanib, 84 ta lift uskunalari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlandi. Shunigdek, 2024-yilda jami 528 ta lift uskunalarini 186 688,2 mln. so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan yangilash ishlari yakunlanmoqda. Kelasi yillar davomida respublikadagi 2 001 ta liftlarni yangilash hamda 382 ta liftlarni ta’mirlash ishlari olib boriladi.

 “Xavfsiz lift”

Ayni paytda, ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalaridan samarali foydalanish, ularni saqlash va liftlardan xavfsiz foydalanish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, aholining lift uskunalariga nisbatan daxldorlik hissini oshirish maqsadida “Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi ishlab chiqildi. Platforma ishga tushgandan so‘ng respublikadagi barcha liftlarni real vaqt rejimida monitoring qilib borish hamda zamonaviy dispetcherlik xizmati ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi. 

Shuningdek, 2024 yil may—noyabr oylarida 727 dona importdan keltirilgan liftlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha arizalar kelib tushgan, shundan 288 dona (39 foiz) liftga 124 ta sertifikat rasmiylashtirilgan. Qolgan 439 dona (61 foiz) importdan keltirilgan liftlar texnik reglament talablariga nomuvofiqligi sababli sertifikatlashga taqiq qo‘yilgan,

Теги :
Jamiyat