$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Rahbarlik madaniyatini saqlamagani, fuqarolarga hurmatsizlik qilgani uchun ishdan ketgan sobiq hokim yana amaldor boʻldi

hokim

Hokimlik davrida qabuliga kelganlarga poygakdan joy berishi bilan internetda mashhur bo‘lgan Andijon tumani sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev yangi lavozimga tayinlandi.

Bu qanday lavozim?

Ta’kidlanishicha, Abdujabbor Egamberdiyev 2024-yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Andijon viloyati kengashining yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida Kengash raisi lavozimiga tayinlangan. U bunga qadar Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi vazifasida ishlab kelayotgan bo‘lgan.

U hokimlikdan nima uchun ozod etilgandi?

Ma’lumot uchun, Abdujabbor Egamberdiyev uzoq yillar Bo‘z tumani, Ulug‘nor tumani, Qo‘rg‘ontepa tumani va Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, 2013-yildan 2023-yilga qadar Andijon viloyati hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan. U 2021-yilning fevralidan 2022-yilning sentyabr oyiga qadar Andijon tumaniga hokimlik qilgan.

U Prezident topshirig‘iga binoan 2022-yilning 27-sentyabr kuni davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun Andijon tumani hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

Voqea qanday boʻlgan?

2022-yilning avgust oyida Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning hokimlik binosi hovlisida fuqarolar uchun bo‘lib o‘tgan sayyor qabuli keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Unda hokim ayvon ichida o‘tirib, fuqarolarni esa ayvondan tashqariga o‘tkazib muloqot qilgan. Buni hokimlik ijtimoiy masofa saqlash uchun qilingan, deb izohlagandi.

Теги :
Jamiyat