Dushanba, 2-noyabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +19° kechasi +6°
Читать на русском

O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinyapti

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oylik maosh 2 500 yevrogacha bo‘lishini ta’kidlamoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinyapti

O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinyapti. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sohalar:

·       avtomobil mexanigi — 1000 yevro;

·       CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi — 1100–2500 yevro.

Nomzodlar uchun talablar:

Avtomexanik:

·       avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish qo‘llanmalaridan foydalanish;

·       avtomobil qismlari va kuzovi bilan ishlash;

·       diagnostika uskunalaridan foydalanish;

·       kamida 2 yillik tajriba;

·       rus yoki ingliz tillarini bilish;

·       25–40 yosh.

Ro‘yxatdan o‘tish (22-iyul soat 11:30 dan 24-iyul soat 14:00 gacha)

CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi:

·       Yevropaning barcha mamlakatlariga yuklarni tashish;

·       yuk tashish bilan bog‘liq hujjatlarni tushunish;

·       chip kartaning mavjudligi;

·       kamida 1 yillik tajriba;

·       rus yoki ingliz tillarini bilish;

·       55 yoshgacha.

Ro‘yxatdan o‘tish (22-iyul soat 11:30 dan 24-iyul soat 14:00 gacha)

Ish beruvchi hisobidan:

·       o‘quv va test sinovlari davomida yashash joyi;

·       sug‘urta;

·       hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish.

Fuqaro hisobidan:

·       agentlik xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish;

·       viza uchun to‘lov;

·       ovqatlanish;

·        aviachipta.