Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

Latviyaning Kreiss kompaniyasi 600 nafar O'zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qiladi

Kreiss — 1994 - yilda tashkil etilgan, Latviya logistika xizmatlari bozorida yetakchi kompaniyadir

1 daqiqa o‘qiladi

Latviyaning Kreiss kompaniyasi 600 nafar O'zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qiladi

Kreiss — 1994 - yilda tashkil etilgan, Latviya logistika xizmatlari bozorida yetakchi kompaniyadir.

Kreiss kompaniyasi vakillari O'zbekistonga tashrifi

10-17-iyun kunlari Latviyaning transport va logistika sohasidagi Kreiss kompaniyasi vakillari O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uchrashuv mobaynida Latviya Transport vazirligi, Tashqi mehnat migratsiya agentligi va Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazildi.

Yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar

Uchrashuvda "Vatanparvar" tashkiloti bilan ushbu uyushmaga tegishli avtomaktablar platformasida O'zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish bo'yicha memorandum imzolandi.

Shuningdek, mazkur markazlarda tayyorgarlikdan o'tgan haydovchilar Yevropa standartlariga mos sertifikatlar olishlari va YI davlatlarida faoliyat ko'rsatishlari mumkin bo'ladi.