$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi ovqat yetkazib berish xizmati O‘zbekistonda

kwaaka

“Kwaaka” brendi O‘zbekiston bozoriga tez kunlarda kirishi kutilmoqda, kompaniya vakili bu haqida gapirib o‘tdi.

“Kwaaka” o‘zi nima

Ushbu startap loyihasi 2022-yilda Qozog‘istonda ishga tushirilgan bo‘lib, oziq-ovqat yetkazib berish(dostavka) xizmati bilan shug‘ullanadi. Brend hozirda Qozog‘istondan tashqari yana bir nechta davlatlar, jumladan, Qirg‘iziston, Gruziya, Armaniston, O‘zbekiston hamda Ukrainada ro‘yxatdan o‘tgan, ushbu davlatlardagi 1300 dan ortiq faol restoranlarga ega. Brend rahbarining aytishicha, ular Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropa bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistondagi faoliyat yo‘lga qo‘yilishi

“Kwaaka” brendi bir oy muqaddam O‘zbekiston va Gruziyada faoliyat yuritish uchun “MOST Ventures” kompaniyasidan 100 ming dollar jalb qilgan edi. Kompaniya vakilining aytishicha, brend allaqachon O‘zbekistonda yuridik shaxs ro‘yxatidan o‘tgan va xizmat yilning uchinchi choragidan boshlab ishga tushiriladi.

Bo‘lajak mijozlar

“Kwaaka” brendi Toshkentda dastlabki ofis ochish ishlarini boshlab yuborgan. Undan tashqari, kompaniya o‘ziga dastlabki mijozlarni jalb qilmoqda, bular qatoriga ABMNB Group, Bellissimo, KFC, Safia kabi katta brendlar bor.

Теги :
Жамият