Oʻzbekistonda kuydirgi tarqalyaptimi?
Jizzaxda aka-uka kuydirgi kasalligiga chalingani gumon qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda aka-uka kuydirgi kasalligiga chalingani gumon qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Ular chalingan kasallik kuydirgi emasligi aniqlandi.
Voqea nimadan boshlangan?
Maʼlum qilinishicha, Zafarobod tumani, “Yorqin” shaharcha fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro daladan qaytgan qoramolini kasal deb gumon qilib, soʻygan. Yordamga esa akasini chaqirgan. Oradan bir necha kun oʻtgach aka-ukalarda yaralar paydo boʻlgan.
Yaralar tuzalmagach fuqaro 28- iyun kuni shifokorga murojaat qilgan. Ortidan esa uning akasini ham olib kelishgan.
“Olib ketishgan hamma tahlillarni. Javoblari kelishini kutish kerak. Hozirda davolanish shu kuydirgi kasalligidagi davolanish boʻlyapti”, — degan edi Zafarobod TTB yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri.
Test javoblari
Holat yuzasidan maʼsullar aloqaga chiqishib, test javoblari boʻyicha maʼlumot berishdi.
“Viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazining tegishli laborotoriyasida 8-iyuldagi 1,2 xulosalariga koʻra, kasallik qoʻzgʻaluvchilari aniqlanmagan. Boshqa joydagi tekshiruvlarda ham kuydirigi kasalligi aniqlanmagan”, — dedi maʼsullardan biri.
Karbunkul
Maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda bemorlarning bir nafariga uyiga javob berilgan. Ularga karbunkul tashxisi qoʻyilgan. Bemorlarning holati qoniqarli.



